Samarqand shahridagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Bilimlar kuni” tadbiri o‘tkazildi

Bugun, 4 sentyabr kuni Samarqand shahridagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Shuningdek, “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida mustaqillik darslari tashkil etildi. Undan tashqari 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga “Prezident sovg‘asi” tarqatildi.
- Maktabimizda yangi o‘quv yilini 2810 nafar o‘quvchi bilan boshladik, - deydi maktab direktori T.Doliyeva. – Ularning 310 nafari ilk qadamlari bilan birinchi sinfga qabul qilindi. Bu yil 186 nafar o‘quvchimiz 11-sinfni tamomlab, o‘zlarining qiziqishi bo‘yicha o‘qishini davom ettiradi. O‘tgan yili 36 nafar bitiruvchilarimizdan 20 nafari oliy o‘quv yurtiga o‘qishga qabul qilindi. Bu albatta biz o‘qituvchi-murabbiylarga bo‘lgan baho deb bilamiz. Quvonarlisi, maktabimiz 2021-o‘quv yiliga qadar PISA xalqaro reytingga olingan tayanch ta’lim dargohi hisoblanadi. Unga munosib bo‘lish uchun doim harakatda bo‘lib, o‘z ustimizda tinimsiz ishlaymiz.
Yangi o‘quv yili arafasida maktab kutubxonasiga o‘quvchilar ota-onalari tomonidan badiiy asarlar to‘plamlari ham sovg‘a qilindi. Shuningdek, maktabning katta sinf o‘quvchilariga mustaqillik darsini Samarqand shahar xotin-qizlar qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi Z.Umirova o‘tdi.
Husan Eltoyev.