Samarqand shahridagi bir qator hududlarda ichimlik suvi vaqtincha cheklanishi ma’lum qilindi

“Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek va Gagarin ko‘chasi kesishmasidagi diametri 500 mm.li magistral suv tarmog‘idagi nosozlikni bartaraf qilinishi munosabati bilan:

Samarqand shaharning Motrid, Sayhun, Gagarin, Rudakiy, Mirzo Ulug‘bek, Amir Temur, Shota Rustaveli, Al Xorazmiy ko‘chalari va shu bilan birga Matonat, Bog‘dod, Tutzor, Turon, Maqsud Shayxzoda, Sevali ota, Farovonlik, Lohutiy, Gulbahor, Said, Bog‘ichinor mahallarida va ularga tutash hududlarda 11 iyul kuni soat 22:00 dan — 12 iyul kuni soat 12:00 gacha ichimlik suv ta’minoti to‘xtatilishini ma’lum qilamiz”, deya xabar bermoqda “Samarqand suv ta’minoti” MChJ shahar filiali matbuot xizmati.