Samarqand shahridagi “Do‘stlik va nodavlat notijorat tashkilotlari uyi” binosi foydalanishga topshirildi

Mazkur binoda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan 11 ta milliy madaniy markazlar va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Buning uchun 5 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

Binoda turli millat va elat vakillarining milliy tadbirlarini tashkil etish uchun ham sharoit yaratilgan. Madaniy markazlar va NNT xodimlari uchun avtobus ham berildi.

Tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, Oliy Majlis huzuridagi parlament komissiyasi raisi Adham Shodmonov, Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori Otabek Husanov, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengash raisi Kamoliddin Ishonxo‘jayev, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari Azamat Toshev va Valeriy Tyan ishtirok etdi.