Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahridagi nomsiz ko‘chalar nomlanadi

Bugungi kunda Samarqand shahrida 14 ta nomsiz ko‘cha bor. Yaqinda Samarqand hududidagi Toponimik ob’yektlarga nom berish masalalarini muvofiqlashtiruvchi komissiya yig‘ilishida ushbu masala muhokama etildi.

Shahardagi nomsiz ko‘chalar Galaosiyo, Bog‘imaydon, Sayxun, Bog‘ibaland mahallalarida joylashgan.

Yig‘ilishda geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha shahar komissiyasi tomonidan shahardagi nomsiz ko‘chalarni nomlash bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.

Shuningdek, shahardagi Xanimova, Sapyornaya, Sentralnaya, Depovskaya kabi 33 ta ko‘cha nomi qonunga muvofiq emas deb topilib, ularga yangi nom berish tavsiya etildi.
Bundan tashqari, Madaniyat, Toshloq, Ogahiy kabi 9 ta ko‘cha nomi takroriy deb topilib, ularga yangi nom beriladigan bo‘ldi.

Geografik ob’yektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha respublika komissiyasi kiritilgan takliflarni tasdiqlaganidan so‘ng, Samarqand shahridagi nomsiz, takroriy va qonunga muvofiq emas deb topilgan ko‘cha nomlari qonun talablariga mos ravishda nomlanadi.