Samarqand tumani: Yil oxirigacha kambag‘al oilalar soni ikki baravarga qisqartirilishi ko‘zda tutilgan
Tuman hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda tumanda 7326 ta kambag‘al oila bo‘lib, qamrovi 10,2 foizni tashkil qiladi.
Mahalla yettiligi tomonidan ushbu oilalar o‘rganilganda, 819 tasi o‘ziga to‘q, 2191 tasi daromadi yaxshilanayotgan, 1765 tasi daromadi barqaror emas, 2245 tasi daromadi past, 306 tasi ehtiyojmand, nochor holatda ekanligi aniqlangan.
Ushbu oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha tuman joylashuvi, shuningdek, tashkilot va tadbirkorlar salohiyatidan foydalanib, joriy yil yakuniga qadar tumanda kambag‘al oilalar sonini 2 barobarga qisqartirish imkoniyati bor.
Joriy yilning oktyabr oyida 966 ta, noyabr oyida 1059 ta, dekabr oyida 1745 ta, yil yakuniga qadar jami 3770 ta oila kambag‘allikdan chiqariladi. 2025 yil 1 yanvar holatiga tuman bo‘yicha 3556 ta kambag‘al oila qoladi va qamrov darajasi 5,0 foizni tashkil qiladi.
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun 74 ta mahallaning har biriga salohiyati va tumanda o‘z o‘rni bo‘lgan bittadan tuman tashkiloti rahbarlari (o‘rinbosarlari) va tadbirkorlarni biriktirib, 5 tadan kambag‘al oila bo‘lib berilgan, deyiladi hokimlik xabarida.