Samarqand tumanida ag‘darilib ketgan yuk mashinasi bo‘yicha ma’lumot berildi
Kecha, 2 oktyabr kuni soat 14:45 larda Samarqand tumani hududidan o‘tuvchi Olmaota-Toshkent-Termiz M-37 avtomobil yo‘lining 1097 kilometrida harakatlanib kelayotgan "Zil" rusumli transport vositasi orqa g‘ildiragining bir qismi sinib ketgan.
Natijada mashinaning ustida yuk sababli transport vositasi yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.
YTH natijasida hech kim tan jarohati olmagan.
Viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan maxsus ko‘tarma kran olib kelinib, transport vositasiga yordam ko‘rsatilgan.
Samarqand viloyati IIB YHXB yana bir bor barcha haydovchilarni yo‘llarda harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga chaqiradi.