“Samarqand” va “Jomboy tongi” gazetalari chop etilishi vaqtincha to‘xtatildi

“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunning 24-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martda qabul qilingan “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablaridan kelib chiqib, muassislar (xalq deputatlari Samarqand shahar kengashi va shahar hokimligi, xalq deputatlari Jomboy tumani kengashi va tuman hokimligi) qarori bilan “Samarqand” va “Jomboy tongi” gazetalarini chop etish vaqtincha to‘xtatildi.

Gazetalar chop etilmayotgan bo‘lsa-da muhim xabar va yangiliklar gazetalarning rasmiy veb-sayti, telegram kanali va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali aholiga yetkazilmoqda.