Samarqand viloyati bo‘ylab to‘garaklar yarmarkasi o‘tkaziladi

Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘ida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan to‘garaklar yarmarkasi tashkil etildi.
Unda boshqarma tasarrufidagi viloyat axborot-resurs markazi hamda "Barkamol avlod" bolalar markazida mavjud badiiy, siyosiy adabiyotlar, maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan darsliklar hamda badiiy va texnik ijodiyot, o‘lkashunoslik, ekologiya yo‘nalishlaridagi to‘garaklar faoliyatini aks ettiruvchi ko‘rgazmalari namoyish etildi.
Xuddi shunday tadbirlar viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida o‘tkaziladi.