Samarqand viloyati hokimining QARORI
Samarqand viloyatida 2020 yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 102-sonli (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009 y., 15-son, 186-modda) qarorining 3-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019 yil 30 dekabrdagi 1752/03-13-sonli xati bilan taqdim etilgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Moliya vazirliklari o‘rtasida kelishilgan 2020 yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini inobatga olib QAROR QILAMAN:
1. Quyidagilar:
Samarqand viloyatida 2020 yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari 1-ilovaga;
ijara to‘lovi stavkalariga qo‘llaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Samarqand viloyat davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasi (B.Payshanov)ga:
davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish;
ijaraga berilgan davlat mulkini va uni ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larni hisobga olish va monitoringini olib borish;
ijaraga beriladigan davlat mulki bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
ijara ob’yektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek ijara to‘lovi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini nazorat qilish;
foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi to‘g‘risidagi e’lonlarni va ijaraga berilayotgan davlat mulklari ro‘yxatlarini davriy nashrlarda hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmalarining veb-saytlariga joylashtirilishini ta’minlash topshirilsin.
3. “Samarqand viloyat davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasi (B.Payshanov), viloyat davlat soliq boshqarmasi (Sh.Axmedov), shahar va tumanlar hokimliklari hududlarda ijara munosabatlarini tartibga solish, ijaraga berilayotgan davlat mulki hisobotini to‘g‘ri yuritish va byudjetga qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida davlat mulkini balansda saqlovchilar tomonidan ijaraga berish samaradorligini oshirish va tashkillashtirishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ysin.
4. Viloyat hududida 2020 yilda davlat mulki bo‘lgan binolar va xonalarda joylashgan byudjet tashkilotlari uchun ijara to‘lovining nol stavkasi belgilansin.
5. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari-matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi (A.Anvarov) mazkur qarorni “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalarida e’lon qilinishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
6. Viloyat hokimining 2019 yil 12 yanvardagi “Samarqand viloyatida 2019 yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 16-Q-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari J.O‘roqov zimmasiga yuklatilsin.
8. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Viloyat hokimi E.TURDIMOV
2020 yil 29 yanvar,
№ 15-Q
Viloyat hokimining 2020 yil 29 yanvardagi 15-sonli qaroriga 1-ilova
Samarqand viloyatida 2020 yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari
(bir yilga umumiy foydalanish maydonining 1 kv.m uchun)
|
T/r |
Ijaraga beriladigan maydondan foydalanish maqsadi |
1 kv.m uchun yillik eng kam stavka (so‘mda) |
|
|
Samarqand shahri uchun |
Tumanlar va shaharlar uchun |
||
|
Sanoat |
|||
|
1 |
Yoqilg‘i sanoati |
7 560 |
6 125 |
|
2 |
Kimyo sanoati |
7 560 |
6 125 |
|
3 |
Neft-kimyo sanoati |
7 560 |
6 125 |
|
4 |
Mashinasozlik |
7 560 |
6 125 |
|
5 |
Dastgohsozlik va asbobsozlik sanoati |
7 560 |
6 125 |
|
6 |
Hisoblash texnika vositalari sanoati |
7 560 |
6 125 |
|
7 |
Traktor va qishloq xo‘jalik mashinasozligi |
6 210 |
5 000 |
|
8 |
Qurilish, yo‘l va kommunal mashinasozlik |
6 210 |
5 000 |
|
9 |
Yengil va oziq-ovqat sanoati hamda maishiy priborlar mashinasozligi |
6 210 |
5 000 |
|
10 |
Sanitar-texnik va gaz uskunalari hamda buyumlari ishlab chiqarish |
7 560 |
6 125 |
|
11 |
Metall konstruksiya va buyumlar sanoati (tokarlik xizmati) |
7 560 |
6 125 |
|
12 |
Mashina va uskunalarni ta’mirlash |
7 560 |
6 125 |
|
13 |
Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari |
7 560 |
6 125 |
|
O‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati |
|||
|
14 |
Yog‘ochni tayyorlash sanoati |
7 560 |
6 125 |
|
15 |
Yog‘ochni qayta ishlash sanoati |
7 560 |
6 125 |
|
16 |
Sellyuloza-qog‘oz sanoati |
7 560 |
6 125 |
|
17 |
Qurilish materiallari sanoati |
7 560 |
6 125 |
|
Yengil sanoat |
|||
|
18 |
To‘qimachilik sanoati |
7 560 |
6 125 |
|
19 |
Tikuvchilik sanoati |
7 560 |
6 125 |
|
20 |
Charm, mo‘yna va poyabzal sanoati |
7 560 |
6 125 |
|
21 |
Yog‘ochdan mebel, eshik va romlar ishlab chiqarish |
22 680 |
18500 |
|
22 |
Yengil sanoatning boshqa ishlab chiqarish sohalari |
7 560 |
6 125 |
|
Oziq-ovqat sanoati |
|||
|
23 |
Oziq-ovqat sanoati (baliq, go‘sht, yog‘-pishloq va sut sanoatidan tashqari) |
7 560 |
6 125 |
|
24 |
Go‘sht va sut sanoati |
7 560 |
6 125 |
|
25 |
Baliqchilik sanoati |
7 560 |
6 125 |
|
26 |
Un, yog‘ ishlab chiqarish sanoati |
7 560 |
6 125 |
|
27 |
Kombikorm sanoati |
6 210 |
5 000 |
|
28 |
Oziq-ovqat sanoatining boshqa tarmoqlari |
7 560 |
6 125 |
|
Sanoatning boshqa sohalari |
|||
|
29 |
Tabobat sanoati |
7 560 |
6 125 |
|
30 |
Nashriyot sanoati |
21 195 |
17 375 |
|
31 |
Kiyim-kechak va gazlamadan tayyorlangan boshqa buyumlarni kimyoviy tozalash, bo‘yash, yuvish va ularga ishlov berish |
9 180 |
7 375 |
|
32 |
Sanoatni xo‘jalik boshqarish |
21 195 |
17 375 |
|
Qishloq xo‘jaligi |
|||
|
33 |
O‘simlikchilik ( shu jumladan, issiqxona) 1 ga. |
3 023 460 |
2 469 000 |
|
34 |
Chorvachilik va parrandachilik |
3 645 |
3 000 |
|
35 |
Baliqchilik (shu jumladan, pitomniki) |
3 023 460 |
2 469 000 |
|
36 |
Asalarichilik 1 ga. |
1 965 600 |
1 605 000 |
|
37 |
Veterinariya xizmati |
7 560 |
6 125 |
|
38 |
Qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar |
7 560 |
6 125 |
|
39 |
O‘rmon xo‘jaligi ( shu jumladan, bog‘lar) |
3 023 460 |
2 469 000 |
|
Transport va aloqa |
|||
|
40 |
Jamoat yer osti temir yo‘l transportidan foydalanish |
7 560 |
6 125 |
|
41 |
Avtomobil xo‘jaligi (avtojamlanma, taksopark, avtostoyanka, garaj va avtomoyka) |
7 560 |
6 125 |
|
42 |
Avtomobil xo‘jaligi (shtraf maydonlari) |
1 890 |
1 625 |
|
43 |
Avtomoyka |
24 300 |
17 500 |
|
44 |
Avtozapravka |
24 300 |
22 500 |
|
45 |
Aholi buyurtmasiga asosan yuk tashish va boshqa avtomobil ekspeditsiyasi |
13 635 |
11 250 |
|
46 |
Pochta aloqasi |
7 560 |
6 125 |
|
47 |
Kurerlik aloqasi |
15 120 |
12 250 |
|
48 |
Elektr-kabel aloqasi |
15 120 |
12 250 |
|
49 |
Radio, uyali va peydjing aloqasi (moslama tortqich tortilgan simlar perimetri bo‘yicha, shu jumladan inshoot va texnologik hududlar) |
63 585 |
51 875 |
|
Qurilish |
|||
|
50 |
Qurilish |
7 560 |
6 125 |
|
51 |
Loyiha, loyiha-qidiruv va qidiruv tashkilotlari |
7 560 |
6 125 |
|
52 |
Plastik eshik va romlar ishlab chiqarish |
37 950 |
29 160 |
|
Savdo va umumiy ovqatlanish |
|||
|
53 |
Ulgurji savdo |
21 195 |
17 375 |
|
54 |
Tovarlarni to‘plamlab (partiyalab) sotish bilan shug‘ullanadigan ulgurji bozorlar |
54 405 |
44 375 |
|
55 |
Chakana savdo |
21 195 |
17 375 |
|
56 |
Umumovqatlanish |
21 195 |
17 375 |
|
57 |
Yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va sotish (fast-fud) |
33 210 |
25 000 |
|
58 |
Kitob do‘konlari |
2 970 |
2 500 |
|
59 |
Uy-ro‘zg‘or buyumlari va maishiy buyumlarni ijaraga berish |
21 195 |
17 375 |
|
60 |
Xalq iste’moli mollarini olish, sotish va sotib olishda vositachilik xizmati |
33 210 |
27 125 |
|
61 |
Moddiy-texnika ta’minoti va sotish |
21 195 |
17 375 |
|
62 |
Axborot-hisoblash xizmati |
21 195 |
17 375 |
|
63 |
Internet va kompyuter tarmog‘i bo‘yicha xizmat ko‘rsatish |
21 195 |
17 375 |
|
64 |
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar |
21 195 |
17 375 |
|
65 |
Reklama, vakolatlik xizmati |
21 195 |
17 375 |
|
66 |
Marketing tadqiqotlari, tijoriy faoliyat, moliya va boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahat xizmati |
21 195 |
17 375 |
|
67 |
Geologiya va yer osti boyliklarini o‘rganish. Geodeziya va gidrometrologiya xizmati |
37 800 |
30 750 |
|
68 |
Tahririyat va nashriyot |
12 150 |
9 875 |
|
69 |
Metall va chiqindilarni yig‘ish idorasi |
12 150 |
9 875 |
|
70 |
Turarjoy xo‘jaligi (TSJ) |
12 150 |
9 875 |
|
71 |
Mehmonxona xo‘jaligi |
24 165 |
19 750 |
|
72 |
Yotoqxona |
18 900 |
15 000 |
|
73 |
Aholiga maishiy xizmatning noishlab chiqarish turlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish |
12 150 |
9 875 |
|
74 |
Sartaroshlik, fotosalon, poyabzal ta’mirlash ustaxonalari |
18 225 |
15 000 |
|
75 |
Lombard |
27 405 |
22 375 |
|
76 |
Hammom |
36 450 |
29 750 |
|
77 |
Sauna va cho‘milish havzasi |
72 630 |
59 375 |
|
Sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy qo‘llab quvvatlash |
|||
|
78 |
Sog‘liqni saqlash |
15 120 |
12 250 |
|
79 |
Dam olish va turizm |
15 120 |
12 250 |
|
80 |
Fitobar |
10 530 |
8 500 |
|
81 |
Madaniy ko‘ngil ochish (bilyard, o‘yin avtomatlari, diskoteka va boshqalar) |
24 165 |
19 750 |
|
82 |
Jismoniy tarbiya va sport |
7 560 |
6 125 |
|
83 |
Dorixona muassasalari |
12 150 |
9 875 |
|
84 |
Optika va tibbiy jihozlar sotish do‘konlari |
21 735 |
15 660 |
|
85 |
Ijtimoiy dorixona muassasasi |
9200 |
7992 |
|
Ta’lim |
|||
|
86 |
Oliy va o‘rta maxsus ta’limga ega kadrlarni tayyorlash (shu jumladan, o‘quv kurslari ) |
12 150 |
9 875 |
|
87 |
Ishchi va boshqa ishchi xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish |
9 450 |
8 125 |
|
88 |
Umumta’lim bolalar maktablari (nodavlat ta’lim muassasalari uchun) |
6 210 |
5 000 |
|
89 |
O‘quv muassasalarida umumiy ovqatlanishni tashkil etish |
7 560 |
6 125 |
|
90 |
Maktabgacha tarbiya (nodavlat muassasalari uchun) |
5 400 |
4 625 |
|
91 |
Madaniyat va san’at |
21 195 |
17 375 |
|
92 |
Ko‘rgazmalar |
16 335 |
14 000 |
|
93 |
Maktabdan tashqari tarbiya |
6 210 |
5 000 |
|
94 |
Madaniy va dam olish istirohat bog‘lari |
15 120 |
12 250 |
|
95 |
Botanika va hayvonot bog‘lari |
15 120 |
12 250 |
|
96 |
Televideniye va radioeshittirish |
15 120 |
12 250 |
|
97 |
Kinostudiya, ovoz yozish studiyasi |
24 165 |
19 750 |
|
98 |
Fan va ilm-fan xizmatlari |
9 180 |
7 375 |
|
99 |
Haydovchilik maktablari |
13 500 |
8 750 |
|
Moliya-kredit faoliyati |
|||
|
100 |
Moliya, kredit (sug‘urta va auditorlik faoliyatidan tashqari) nafaqa ta’minoti |
21 195 |
17 375 |
|
101 |
Auditorlik faoliyati |
21 195 |
16 250 |
|
102 |
Bank faoliyati |
21 195 |
17 375 |
|
Boshqa faoliyat turlari |
|||
|
103 |
Sug‘urta |
21 195 |
17 375 |
|
104 |
Sud va huquqiy xizmatlar |
18 225 |
15 000 |
|
105 |
Advokatlar hay’ati va huquqiy maslahatlari |
18 225 |
15 000 |
|
106 |
Jamoa birlashmasi |
6 210 |
4 875 |
|
107 |
Omborxona |
21 195 |
17 375 |
|
108 |
Davlat korxonalari uchun idora |
9 180 |
7 375 |
|
109 |
Xususiy tashkilotlari uchun idora |
33 210 |
27 125 |
|
110 |
Arxivlash xizmati |
9 180 |
6 250 |
|
111 |
Yengil va boshqa transport vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish (shu jumladan, vulkanizatsiyalar) |
24 165 |
19 750 |
|
112 |
Laboratoriyalar |
15 120 |
12 250 |
|
113 |
Boshqa turdagi xizmat to‘lovi (paynet) |
60 750 |
49 500 |
|
114 |
Madaniy meros ob’yekti bino-inshootlarida savdo |
33 210 |
27 125 |
|
115 |
Madaniy meros ob’yekti bino-inshootlarida umumiy ovqatlanish |
29 025 |
23 750 |
|
116 |
Aviakassa (shu jumladan, temir yo‘l, transport va boshqalar) |
33 210 |
27 125 |
|
117 |
Bankomatlar |
302 940 |
247 375 |
|
118 |
Non va bulochka mahsulotlarini tayyorlash (konditer mahsulotlari: tortlar, pishiriqlar va boshqalar) |
18 055 |
15 012 |
Izoh:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 30 iyundagi 07/10-41-son majlis Bayonnomasining 11-bandiga muvofiq mulkiy shaklidan qat’iy nazar dorixona muassasalarining filiallari QVP binolarida faoliyat ko‘rsatayotganligi uchun ijara nol stavkasi qo‘llaniladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 22 noyabrdagi
02/1-74-sonli topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Savdo boshqarmasining tarkibiy qismlari uchun yopiq harbiy shaharchalar, harbiy qism va muassasalari hududlarida joylashgan ko‘chmas mulk davlat mulkidan foydalanganda ijara to‘lovining nol stavkasi qo‘llaniladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 oktyabrdagi “Yoshlar tadbirkorlik klasterlarini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 834-son qaroriga muvofiq foydalanilmayotgan, shu jumladan erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududida joylashgan davlat mulki O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zosi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqining shahar hamda tuman kengashlarining iltimosiga ko‘ra 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ijara haqining “nol” stavkasi bo‘yicha ijaraga beriladi;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 avgustdagi
14/1-1959-sonli topshirig‘iga asosan, Olimpiada o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlari uchun sport faoliyatini saqlab qolish sharti bilan aholi gavjum joylarda sport majmualarini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining taqdimnomasiga asosan davlat ko‘chmas mulkidan hamda yer ajratishda ijara haqining “nol” stavkasi qo‘llaniladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 avgustdagi 609-20-sonli buyrug‘iga binoan Mudofaa vazirligi tomonidan davlat unitar korxonalariga, shuningdek Mudofaa vazirligi timzimidagi boshqa xo‘jalik yurituvchi, o‘z-uzini moliyalashtiruvchi bo‘limlariga beriladigan binolar, xonalar, jihozlar, uskunalar, mebellar va boshqa mol-mulklar uchun ijara to‘lovi “nol” stavkada o‘rnatiladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 maydagi
PQ-4329-sonli qaroriga asosan davlat ko‘chmas mulkidan telekommunikatsiya ob’yektlarini o‘rnatishda foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari, oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llamagan holda, “simli elektr aloqasi”dan foydalanish maqsadi bo‘yicha stavkaga teng miqdorda o‘rnatiladi.
Viloyat hokimining 2020 yil 29 yanvardagi 15-sonli qaroriga 2-ilova
Ijara to‘lovi stavkalariga qo‘llaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar
|
I. Hududiy zonalar koeffitsiyenti – (Kz) |
|||
|
№ |
Hududlar nomi |
Zonalar |
Koeffitsiyent |
|
1 |
Samarqand shahar |
1 |
3 |
|
2 |
Farhod shaharchasi Kimyogarlar shaharchasi So‘lim shaharchasi (Xishrav MFY) |
2 |
2 |
|
3 |
Kattaqo‘rg‘on shahar |
3 |
2 |
|
4 |
Tuman markazlari |
3 |
2 |
|
5 |
Tuman qishloqlari |
4 |
1,5 |
|
II. Binoning qurilish turi bo‘yicha koeffitsiyenti – (Kk) |
|||
|
2.1 |
Alohida turgan bino |
1,5 |
|
|
2.2 |
Binoga taqab qurilgan |
1,4 |
|
|
2.3 |
Binoning ustki qismi, cherdak, boloxona |
0,9 |
|
|
2.4 |
Yarim yerto‘la, yerto‘la |
0,7 |
|
|
2.5 |
Betonlashtirilgan (asfaltlangan) inshootlar |
0,8 |
|
|
III. Tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti (Kk) |
|||
|
3.1 |
Yer maydoni mavjud bo‘lganda |
0,8 |
|
|
IV. Tijorat maqsadida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti – (Ko) |
|||
|
4.1 |
Asosiy qatnov yo‘llarida joylashganda |
0,6 |
|
|
4.2 |
Ikkinchi darajali transport qatnovi yo‘llarida joylashganda |
0,5 |
|
Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 10-bandiga muvofiq, mol-mulkning boshqa turlari uchun ijara to‘lovi stavkasini hisoblashda, agar ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat, undan samarali foydalinish muddatidan ortiq bo‘lmasa yoki ushbu muddatda teng bo‘lsa yoki amalda foydalanilgan muddatni aniqlash mumkin bo‘lsa – mol-mulk tiklanish qiymatining 30 foizidan, agar ijaraga topshirilayotgan mol-mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq bo‘lsa – mol-mulk tiklanish qiymatining 20 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Ijrochi: Viloyat hokimligi bosh mutaxassisi E.Ashurov
“Samarqand viloyat Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUK direktori B.Payshanov.