Samarqand viloyati Kengashining 48-sessiyasi 26 noyabr kuni o‘tkaziladi

Bu haqda bugun, 18 noyabr kuni Samarqand viloyati hokimining qarori qabul qilindi.
Unda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltinchi chaqiriq qirq sakkizinchi sessiyasi 2021 yil 26 noyabr kuni soat 9:00 da chaqirilishi belgilandi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
- Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish Bosh vazir qabulxonasi Samarqand viloyati rahbari S.Pardayevning sektorlar va hududiy tashkilotlar rahbarlarining tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha faoliyati to‘g‘risida axboroti;
- viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Rahmonovning 2021 yil 9 oyi davomida viloyatda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti;
- Toyloq tumani hokimi B.Bobonazarovning Toyloq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlariga ko‘ra, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturining ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti;
- viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborovning viloyatda 2021 yilda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yildagi imkoniyatlar to‘g‘risida hisoboti;
- viloyat hokimligi ijro nazorati guruhi rahbari Z.Rahimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan hisoboti;
- boshqa masalalar.