Hayot, baxt, go‘zallik va muhabbat haqida buyuk ayollar qilgan iqtiboslar
E’tirof, muvaffaqiyat va butun dunyo bo‘ylab tan olinishi uchun qiyin yo‘lni bosib o‘tgan buyuk ayollarning dono so‘zlari qiyinchiliklarga boshqa tomondan qarashga va ijobiy fikrlashga yordam beradi.
Margaret Tetcher, Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri:
Qudratli ayol bo‘lish - haqiqiy xonim (ledi) bo‘lishdek gap. Mabodo siz odamlarga shunday ekanligingizni eslatar ekansiz, demak, siz aniq bu nomga loyiq emassiz.
***
Indira Gandi, Hindiston sobiq bosh vaziri:
Hech kim imkoniyatlarni shundoqqina qo‘lingizga topshirib qo‘ymaydi. Siz ularni sug‘urib olishingiz va ular ustida ishlashingiz lozim, buning uchun esa qat’iyat... va jasorat kerak.
***
Madlen Olbrayt, AQSh Davlat kotibi lavozimida ishlagan birinchi ayol:
Do‘zaxda bir-biriga yordam bermaydigan ayollar uchun alohida joy ajratilgan.
***
Opra Uinfri, amerikalik teleboshlovchi, aktrisa, prodyuser, jamoat arbobi:
Siz hayotda faqat so‘rashga jur’at etgan narsalaringizgagina erisha olasiz.
***
Koko Shanel,Fransiyalik dizayner va “Chanel” modalar uyi asoschisi:
Muvaffaqiyatga ko‘pincha muvaffaqiyatsizlik muqarrarligini bilmaganlar erishadi.
Este Lauder, amerikalik tadbirkor, “Esteye Lauder” korporatsiyasi asoschisi:
Men hech qachon muvaffaqiyatli bo‘lishni orzu qilmaganman. Buning uchun faqat ishladim.
***
Mariya Skladovskaya-Kyuri, fizika va kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan birinchi ayol va tarixdagi birinchi ikki karra Nobel mukofoti sovrindori:
Mukammallikdan qo‘rqmang, siz unga hech qachon erisha olmaysiz.
***
Merilin Monro, aktrisa:
Muhabbat va ish hayotdagi yagona qimmatli narsalar. Sevimli mashg‘ulot sevgining o‘ziga xos yana bir shaklidir.
***
Agata Kristi, yozuvchi:
Hayotda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng katta baxt - bu baxtli bolalikdir.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.