Avstraliyada rekord darajada ulkan ho‘kizni qassoblar olishdan bosh tortdi

Bo‘yi ikki metrga yetadigan bu ho‘kizning og‘irligi bir yarim tonnani tashkil etadi. Egasi buqani kim oshdi savdosida sotmoqchi bo‘lgan edi, lekin uddalash qiyin bo‘lishini aytib, hech bir qassobxona uni sotib olishga rozi bo‘lmadi.
- Go‘sht qayta ishlovchilari novvos kushxona uchun juda katta ekanligini aytishdi, - dedi fermer. - So‘yish joylari o‘rtacha keladigan mollar uchun mo‘ljallangan. Nickers o‘z hajmi tufayli u yerga sig‘maydi.
Fermer Jeff Pirson ho‘kizni sotib olganida u hali bir yoshga to‘lmagandi. U Niskersdan podadagi boshqa buqalar va sigirlarni boshqarish uchun foydalangan. Lekin vaqt o‘tishi bilan unga ozuqa berish va parvarish qilish qimmatga tusha boshlagan.