Samarqand viloyatida 7,9 milliard so‘m byudjet mablag‘lari noqonuniy sarflangan
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021 yil 1-chorakda byudjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etdi.
Unga ko‘ra, mahalliy byudjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 189,1 milliard so‘m miqdorida, jumladan Sirdaryo (40,2 mlrd.so‘m), Jizzax (23 mlrd.so‘m), Andijon (19,8 mlrd.so‘m), Toshkent (12,1 mlrd.so‘m), Qashqadaryo (11,4 mlrd.so‘m), Surxondaryo (8,9 mlrd.so‘m), Farg‘ona (8,1 mlrd.so‘m), Samarqand (7,9 mlrd.so‘m), Xorazm (6,4 mlrd.so‘m), Buxoro (6 mlrd.so‘m), Namangan (5,2 mlrd.so‘m), Navoiy (1,4 mlrd.so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (16,5 mlrd.so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (21,9 mlrd.so‘m) qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.
Bundan tashqari, hokimiyatlar (3,4 mlrd.so‘m), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (2,9 mlrd.so‘m), hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari (34,2 mlrd.so‘m)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.