Samarqandda 2022 yil qayerga, qancha mablag‘ ajratiladi?
- 1,716 trillion so‘m sog‘liqni saqlash xarajatlariga;
- 14,8 milliard so‘m shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlari xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalarini shakllantirishga;
- 4,2 milliard so‘m xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish xarajatlariga;
- 47,3 milliard so‘m oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda 2021-2022 yillarda 5 nafardan iborat “tibbiyot brigadalari”ga (terapiya, pediatriya, akusherlik, patronaj bo‘yicha) qo‘shimcha 1015 ta shtat birliklari ajratish uchun;
- 42,1 milliard so‘m mablag‘ birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida dori va tibbiy buyumlar uchun (aholi jon boshiga ajratiladigan mablag‘ miqdori 5,5 ming so‘mdan 16 ming so‘mga oshiriladi).
- Bolali oilalarga va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar va kompensatsiya xarajatlariga 882,4 milliard so‘m va boshqa ijtimoiy soha yo‘nalishidagi xarajatlarga 138,3 milliard so‘m ajratish rejalashtirilmoqda.