So‘nggi ikki oyda byudjet buyurtmachilari qiymati 12,8 mlrd so‘mlik 50 ta tanlovda xarid qonunchiligiga amal qilmagan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning iyun-iyul oylarida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarida Respublika bo‘yicha byudjet buyurtmachilari tomonidan qiymati 141 mlrd. so‘mlik 458 ta tanlovda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi va «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunlarning talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Xususan, Andijon viloyatida 34,4 mlrd. so‘mlik (104 ta);
Toshkent shahrida 19,5 mlrd. so‘mlik (51 ta);
Toshkent viloyatida 13,9 mlrd. so‘mlik (50 ta);
Surxondaryo viloyatida 13,8 mlrd. so‘mlik (43 ta);
Samarqand viloyatida 12,8 mlrd so‘mlik (50 ta);
Qashqadaryo viloyatida 12,5 mlrd. so‘mlik (41 ta);
Jizzax viloyatida 8,3 mlrd. so‘mlik (20 ta);
Buxoro viloyatida 7,3 mlrd. so‘mlik (33 ta);
Xorazm viloyatida 5,3 mlrd. so‘mlik (18 ta);
Navoiy viloyatida 5,2 mlrd. so‘mlik (16 ta);
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,4 mlrd. so‘mlik (11 ta);
Namangan viloyatida 2,6 mlrd. so‘mlik (11 ta);
Farg‘ona viloyatida 2,0 mlrd. so‘mlik (10 ta) tanlovlar bo‘yicha davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilganligi ma’lum bo‘ldi.