Samarqand viloyatida donorlik oyi o‘tkazilmoqda

Aholi o‘rtasida donorlikni targ‘ib qilish, o‘z ixtiyori bilan qon topshirayotganlarga maslahat va tavsiyalar berib borish ta’kidlandi.

– Viloyatimiz shifoxonalarini muntazam qon bilan ta’minlab borish asosiy vazifamiz, – deydi markaz bosh shifokori Rofi Aliyev. – Buning uchun muassasamiz zamonaviy tibbiy uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan. Malakali mutaxassislarimiz shahar va tumanlarga, korxona va tashkilot, o‘quv maskanlari hamda mahallalarga chiqib, donorlik harakatini kengaytirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda. Ko‘ngilli donorlikda SamDU, SamDAQI, viloyat davlat soliq, bojxona boshqarmalari kabi o‘nlab muassasa va tashkilotlar xodimlari faollik ko‘rsatmoqda.

Zarifa QAYuMOVA,

viloyat qon kuyish markazi vrachi.