Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari miqdorini belgilash to‘g‘risida
Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 sentyabrdagi «Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni, 2022 yil 10 martdagi “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi «Suv ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish hamda institutsional salohiyatni oshirish» dasturi doirasida «Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida ichimlik suv hamda oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 7-ilovasi 13-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 13 fevraldagi (43-00705-sonli) murojaati, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 2023 yil 13 apreldagi (1845/02-19-sonli) xati, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat boshqarmasining 2023 yil 26 sentyabrdagi (N-08-2999-01/04-sonli), viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2023 yil 29 sentyabrdagi (01/05-38/616-sonli) xulosalari, «Samarqand suv ta’minoti» MChJning 2023 yil 22 avgustdagi (01/04-3063/1-sonli) murojaatini inobatga olib, xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq, to‘qson ikkinchi sessiyasi QAROR QILADI:
1. Viloyat hokimining o‘rinbosari (A.Shukurov), «Samarqand suv ta’minoti» MChJ (K.Yusupov), Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat boshqarmasi (J.Ashurov), viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev)ning viloyatda ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari miqdorini oshirish yuzasidan takliflari ma’qullansin.
2. Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Viloyat televedeniyesi (M.Ixtiyorov), «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlashgan tahririyati (F.Toshev)ga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (O‘.Saidmurodov), viloyat hokimining o‘rinbosari (A.Shukurov) zimmalariga yuklansin.
Sessiya raisi S.Usmonov
2023 yil, 1 noyabr
№ VI-92-110-7-0-K/23
Xalq deputatlari viloyat Kengashining
2023 yil 1 noyabrdagi VI-92-110-7-0-K/23-son
qaroriga 1-ilova
Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari
MIQDORI