Samarqand viloyatida joriy yilning yanvar-avgust oylari bajarilgan qurilish ishlari

2020 yilning yanvar-avgust oylarida viloyatda 3692,5 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan 104,7 foizni tashkil etdi.

Qurilish ishlari hajmi asosan yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.

Amalga oshirilgan qurilish ishlari mulkchilik bo‘yicha davlat va nodavlat bo‘lgan korxona hamda tashkilotlar tarkibi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi.