Samarqand viloyatida qayd etilgan o‘limlarning 60,9 foizi qon aylanishi tizimi kasalliklaridan vafot etgan

2020 yilning yanvar-iyun oylarida viloyat bo‘yicha 7740 kishining o‘limi qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,0 promilleni tashkil etdi va 2019 yilning mos davriga nisbatan (2019 yilning yanvar-iyun oylarida 4,1 promille bo‘lgan) o‘lim koeffitsiyenti 0,1 promillega kamaygan.

2020 yilning yanvar-iyun oylarida qayd etilgan o‘limlarning 60,9 foizi qon aylanishi tizimi kasalliklaridan, 7,4 foizi o‘simtalardan, 5,2 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishdan, 5,1 foizi ovqat hazm qilish va a’zolari kasalliklaridan, 3,7 foizi nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,3 foizi yuqumli va parazitlar kasalliklaridan hamda 16,1 foizi boshqa kassaliklardan vafot etgan.

Samarqand viloyat statistika boshqarmasi

axborot xizmati.