Samarqand viloyatidagi bir qator tuman davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari o‘zgardi

HAMROYEV G‘olibjon Egamqulovich Samarqand viloyati Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

G‘olibjon Hamrayev shu paytgacha Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

BURXANOV G‘ayrat Bahodirovich Samarqand viloyati Jomboy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

G‘ayrat Burxanov shu paytgacha Oqdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

AHMEDOV Asatulla Berdaliyevich Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Asatulla Ahmedov shu paytgacha Payariq tumani davlat soliq inspeksiyasi qo‘shimcha daromadlarni aniqlash va xuquqbuzarliklarni profilaktika qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

TUROPOV SHerzod Aribovich Samarqand viloyati Payariq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sherzod Turopov shu paytgacha Payariq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.