Samarqand xalqaro texnologiya universiteti O‘zbekistondagi "Eng talabgor universitet" ro‘yxatida 2-o‘rinni egalladi
Scienceweb talqiniga ko‘ra, shunday e’tirof etilgan Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) mamlakatdagi eng yosh universitetlaridan biridir. Shu yil fevral oyida oliygohning ochilganiga 2 yil bo‘ladi.

SIUT universitetining boshqa oliy ta’lim muassasalaridan o‘quv dasturlariga eng ilg‘or xalqaro muhandislik ta’lim standartlarini joriy etgani, shuningdek, 16 ta mamlakatdan kelgan 30 dan ortiq tajribali professorlarni o‘quv jarayoniga jalb qilgani, o‘quv kurslarini iqtisodiyotning real sektori talablariga tez va ixcham holda moslashtirgani bilan farq qiladi.
Scienceweb (Scienceweb.uz) tanlovi mezonlari universitetlarda va tadqiqot markazlarida ishlaydigan olimlarning umumiy o‘rtacha H-INDEX darajasi, shuningdek, ularning Scopus, Web of Science, Google Scholar kabi ma’lumotlar bazalarida indekslangan ilmiy nashrlarda chop etilgan tadqiqotlari bilan bog‘liq havolalar soniga qarab aniqlanadi.
Aytish joizki, Stenford universitetining (AQSh) o‘tgan yili oktyabr oyida nashr etgan ma’lumotlariga ko‘ra, SIUT o‘qituvchisi, professor Moxammed Kaabar ilmiy ishlari tufayli 2023 yilda jahon miqyosida eng ko‘p tilga olingan olimlarning biri, deb tan olingan.
Ma’lumot o‘rnida: SIUT jahon standartlari darajasidagi laboratoriyalar bilan jihozlangan yangi kampusda ko‘chib o‘tadi. Bu talabalarga zamonaviy sharoitlarda ta’lim olish, shu bilan bir qatorda muhandislik fanlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada kengaytirish imkonini beradi.