Samarqand xokkey bo‘yicha Osiyo va Okeaniya kubogi musobaqasiga mezbonlik qilmoqda

Samarqand va Toshkent shaharlarida xokkey bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Osiyo va Okeaniya kubogi start oldi.

Musobaqaning keyecha boshlangan ilk kunida amaldagi chempion - O‘zbekiston U-18 terma jamoasi dastlabki o‘yinini o‘tkazdi. Eron U-18 jamoasiga qarshi kechgan bellashuvda vakillarimiz 19:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shuningdek, Tailand terma jamoasi Quvaytni 56:0 hisobida tor-mor etdi. Terma jamoamizning ikkinchi o‘yini ertaga soat 19:30 da Malayziya U18’ga qarshi kechadi.