Samarqand yoshlari til o‘rganishda boshqalardan ortda qolyapti(mi?)
Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yil davomida 226 ming nafardan ziyod yosh “Ibrat farzandlari” loyihasiga qamrab olingan bo‘lib, ularning 7 ming nafarga yaqini maxsus sertifikatga ega bo‘lgan. Ammo...
Yoshlar ishlari agentligining 2024 yil davomida yoshlarni xorijiy tillar, zamonaviy kasblar va intellektual o‘yinlarga jalb qilish borasida eng ommabop loyihalarda yoshlar qamrovi, ularning faol ishtiroki, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgani tahlil qilindi. Xususan, “Ibrat farzandlari” loyihasi faoliyati tahlil qilinganda, undan foydalanishda yuqori natija ko‘rsatgan hududlar aniqlandi. Unga ko‘ra 1-o‘rinni Toshkent viloyati, 2- va 3-o‘rinlarni Buxoro hamda Sirdaryo viloyatlari egallagan.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Nega bu ro‘yxatda Samarqand yo‘q? Turli yo‘nalishlar bo‘yicha respublikada peshqadamlik qiladigan viloyatimiz yoshlari til o‘rganishda boshqalardan ortda qolyaptimi?
Yana bir achinarlisi, yuqori o‘ntalikka kiritilgan tuman va shaharlar orasida ham Samarqandning birorta tuman yoki shahari yo‘q.
To‘lqin SIDDIQOV.
***
Ma’lumot uchun: Respublika bo‘yicha quyidagi hududlarda “Ibrat farzandlari” loyihasi foydalanuvchilari faoliyatiga yuqori talab kuzatildi:
1-o‘rin Toshkent viloyati;
2-o‘rin Buxoro viloyati;
3-o‘rin Sirdaryo viloyati.
Tuman (shahar) bo‘yicha:
1-o‘rin Buxoro shahri;
2-o‘rin G‘ijduvon tumani;
3-o‘rin Boyovut tumani;
4-o‘rin Angren shahar;
5-o‘rin Marhamat tumani;
6-o‘rin Sirdaryo tumani;
7-o‘rin Xovos tumani;
8-o‘rin Olmaliq shahar;
9-o‘rin Mirzaobod tumani;
10-o‘rin Andijon tumani.