Samarqanda ilk bor “Pomidor sayli” o‘tkaziladi
15 sentyabr kuni Bulung‘ur tumanining “Fozil Yo‘ldosh” massivida “Pomidor sayli” o‘tkaziladi. Tadbirda viloyatdagi qayta ishlovchi korxonalarning tayyor mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi.
Shuningdek, pomidor urug‘lari, navlari, uning poyasidan foydalanish usullari va afzalliklari bo‘yicha ko‘rgazmali mahsulotlar tayyorlash, pomidor ko‘chatlarini o‘tqazish va parvarishlash usullari namoyish etiladi.
Viloyat bo‘yicha yetishtirilayotgan pomidor navlari va hosildorligi bo‘yicha ham ma’lumotlar beriladi.
Tadbirda pomidor urug‘lari, navlarini ko‘paytirish, uni yetishtirish hamda hosildorlikni oshirish usullari, turli zararkunandalardan himoya qilish texnologiyasini taqdimotini o‘tkazish, sotish, qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi mahalliy va xorijiy tadbirkorlarni hamda turistlarni pomidor sayliga jalb qilish rejalashtrilgan.