Samarqandda 1 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi

"Samarqand" YPX maskanida "Buxoro-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida yashovchi fuqaro U.B. boshqaruvida bo‘lgan avtotransport vositasi to‘xtatilib tekshirilgan.

Avtomashina yukxonasida veterinariya-sanitariya hujjatlarisiz, jami 1000 kg. lahm mol go‘shti borligi aniqlangan.

Ushbu go‘sht mahsulotlari Navoiy viloyati hayvonlar kasalliklar tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi ekspertiza laboratoriyasining 2023 yil 14 mart kunidagi xulosasiga ko‘ra, iste’molga yaroqsiz ekanligi ma’lum bo‘lib, yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlarini olib borilmoqda.