Bulung‘urda 300 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti to‘xtatib qolindi
- 07.09.2023 14:59
- 52
- Samarqand
Samarqand viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari, YPX xodimlari va Davlat veterinariya xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazilmoqda.
Unda Bulung‘ur tumanida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Cobalt” rusumli avtotransportning yukxonasida veterinariya-sanitariya talablariga javob bermaydigan 300 kg go‘sht mahsuloti borligi aniqlandi.
Go‘sht mahsulotlarini iste’molga yaroqliligini tekshirish maqsadida, Bulung‘ur tuman hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat xavfsizligi davlat markazida tekshirilganda ushbu go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqsizligi aniqlandi va tegishli tartibda yo‘q qilinib, haydovchiga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tadbirkor bo‘lish uchun eng zarur narsa nima?
- 3 soat avval
- Iqtisodiyot
Беморлик билим олишга тўсқинлик қилолмайди
- Bugun, 17:53
- Ta’lim
Ibratga to‘la xazina
- Bugun, 11:31
- Mutolaa