Samarqanddan Toshkentga qariyb 1 tonna yaroqsiz go‘shtni olib ketayotgan yuk mashinasi to‘xtatildi
- 19.06.2023 10:43
- 113
- Samarqand

“Sirdaryo” YPX maskanida o‘tkazilgan tadbir davomida "Samarqand – Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib borayotgan ISUZU yuk mashinasi xolislar ishtirokida to‘xtatilib, tekshirilganda, X.Sh. boshqaruvidagi avtomashina yukxonasida hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 941 kilogramm hayvon go‘shti borligi aniqlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.
Viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi mutaxassislari tomonidan laboratoriya tekshiruvlari uchun namunalar olingan.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati JQB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
yaroqsiz go‘sht
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Vatan, gulxan bo‘lay o‘choqlaringda!
- Kecha, 17:41
- Madaniyat
Germaniya – yoshlar uchun imkoniyatlar mamlakati
- Kecha, 14:08
- Tijorat
Navoiyshunos olimlar anjumani
- Kecha, 14:06
- Samarqand
“Men endi osuda yashay olmayman”
- Kecha, 12:34
- Mutolaa