Samarqandda 11 nafar mahkum avf etildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 26 avgust kuni Prezidentimizning “Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan bir guruh shaxslarni avf etish to‘g‘risida”gi farmoni imzolanib, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan bir guruh mahkumlar afv etilib, jazodan ozod etildi.

Samarqand viloyatidagi ikkita manzil koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 11 nafar mahkumlarga nisbatan avf e’lon qilindi. Shundan 5 nafari jazoni ijro etish koloniyalaridan ozod qilingan bo‘lsa, 6 nafarining jazosi uchdan bir qismiga qisqartirildi.

Jumladan, Urgut tumanidan Hasan Nabiyev, Adhamjon Tugalov, Kattaqo‘rg‘on tumanidan Abdulloh Erkinov, narpaylik Rashid Ergashev, paxtachilik Kamoliddin Tojiyevlar qayd qilingan farmonga asosan o‘talmay qolgan jazodan ozod etilib yoki jazosi yengilrog‘iga almashtirilib, oilasi bag‘riga qaytarildi.

N.Urazaliyev,

viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori.