Samarqandda 164 nafar fuqaroning uy-joy va yerga egalik huquqi rasman e’tirof etildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda qabul qilingan qarorga ko‘ra, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.

Jumladan, viloyatimizdagi 164 nafar fuqaro o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ular ustida qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqlariga ega bo‘ldi. Bulung‘urlik 35 nafar, kattaqo‘rg‘onlik 22 nafar, oqdaryolik 8 nafar, jomboylik 28 nafar, payariqlik 4 nafar, narpaylik 31 nafar, paxtachilik 17 nafar, urgutlik 3 nafar, toyloqlik 2 nafar,  Samarqand tumanidan 12 nafar, Kattaqo‘rg‘on shahridan 2 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqlari e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun: Samarqand viloyatida bugungacha 150 dan ziyod mahallada 35 mingdan ortiq ko‘chmas mulk ob’yekti xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazilib, elektron xaritalari yaratildi. 23 mingdan ortiq ob’yekt UZKAD axborot tizimida elektron yig‘majild shakllantirish uchun migratsiya qilindi va 21 mingdan ziyodi faollashtirildi. 14 ming 660 dan ortiq ob’yekt haqidagi ma’lumotlar “E’TIROF” axborot tizimiga kiritilib, vakolatli tashkilotlar muhokamasiga yuborilgan. 

Ularning 940 dan ortig‘i e’londa, 11030 dan ziyodi muhokama jarayonida, 1420 dan ortig‘i adliya organlarida, 535 tasi tahrirlashda turibdi. 220 dan ortiq ob’yekt bo‘yicha ma’lumotlar rad etilgan, 260 tasining to‘lovi kutilmoqda.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati.