Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 25 tonna polietilen rulon yuklangan "Kamaz"da yong‘in sodir bo‘ldi

Kecha, 12 oktyabr kuni soat 23:38 da Bulung‘ur tumani «Olmazor» mahallasi hududidan o‘tgan M-39 yo‘lining 1048 kilometrida harakatlanayotgan «MAN» rusumli tirkamali yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 00:01 da yetib borib, yong‘in soat 00:05 da qurshab olingan va soat 01:12 da o‘chirilgan.

Ma’lumot uchun: eng yaqin yong‘in o‘chirish qismdan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa taxminan 18 kilometrni tashkil etadi.

Yong‘in oqibatida yuk avtomashinasining tirkamasiga yuklangan taxminan 25 tonna polietilen rulonlar yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deb xabar bermoqda Samarqand viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.