Samarqandda 31 kishida koronavirus aniqlandi

🔺2020 yil 13 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 837 (+183) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 113 nafari Toshkent shahrida, 31 nafari Samarqand viloyatida, 11 nafari Namangan viloyatida, yana 11 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 8 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

🔴Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 63 yoshli D.A. (ayol) hamda Zangiota tumanida yashagan 66 yoshli X.E. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

❗️Ayni paytda yurtimizda 25 659 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (78 foiz) sog‘aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 6 965 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1 375 nafari og‘ir, 410 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.