Samarqandda 50 ta bank xizmatlari markazlari o‘z faoliyatini boshladi

Markaziy bank Samarqand viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i O.To‘xtayevning ta’kidlashicha, mamlakatimizda kechayotgan pandemiya davrida viloyatda 73 ta bank filiallari, 61 ta valyuta ayirboshlash shoxobchasi, 84 ta xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchasi, 103 ta 24/7 rejimda ishlaydigan shoxobcha karantin talablariga rioya qilgan holda o‘z ish faoliyatlarini doimiy rejimda olib borishdi.

Epidemiyaga qarshi kurash bo‘yicha Samarqand viloyati komissiyasining 1 iyundagi qaroriga asosan 57 ta bank xizmatlari markazlarining 50 tasi o‘z ish faoliyatini boshladi.