Samarqandda 57 kishi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi.

Mazkur farmonga muvofiq, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan edi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Kecha “Nuroniy” gazetasida mukofot bilan taqdirlanganlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ular orasida Samarqanddan 57 nafar faxriylar bor.

Ro‘yxat dastlab Senat, Qonunchilik palatasi, vazirliklar, qo‘mitalar, uyushmalar, NNTlar, so‘ngra viloyatlar shaklida e’lon qilindi. Vazirlik, uyushmalar ro‘yxatiga ko‘ra, tibbiyot fanlari doktori, professor Shamsiyev Azamat Muhitdinovich, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri Toshev Farmon Ishoqovich birinchi darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan, mahalla faoli Boltayev Ismoil Islomovich ikkinchi darajali va imom-xatib Haqberdiyev Shodi Hamroqulovich uchinchi darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Shamsiyev Azamat Muhitdinovich
Toshev Farmon Ishoqovich

Shuningdek, quyidagi faxriylar birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldilar:

Taqdirlanganlarga ko‘krak nishoni, ular yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklariga o‘rnatiladigan belgi hamda bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti tantanali topshiriladi.