Samarqandda 6 kilodan ortiq giyohvandlik moddalar aniqlandi
- 14.04.2022 14:10
- 270
- Jinoyat va jazo
Viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda Samarqand-Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi Sh.U. va Samarqand tumanida yashovchi, tadbirkor A.X.lar mahalliy fuqaroga 49,5 gramm miqdoridagi “opiy” giyohvandlik moddasini 2100 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Ushbu shaxslar Samarqand shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan M.M.dan giyohvand moddalarni sotib olgani aniqlandi. Shu sababdan tadbir davom ettirildi va M.M.ning yashash xonadonida 5 kg. miqdordagi “opiy” va 1 kg. “gashish” giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, jami 6 kg. 49,5 gramm “opiy” va “gashish” giyohvandlik moddalari tarqalishi oldi olindi.
Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa