Samarqandda 7 oyda 8,5 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi
2020 yilning o‘tgan yetti oyida viloyatimizda 8 544,7 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Ishlab chiqarish hajmining jami sanoatdagi ulushi bo‘yicha Samarqand shahri 46,3 foiz, Jomboy tumani 12,3 foiz, Urgut tumani 8,2 foiz va Samarqand tumani 7,4 foiz ko‘rsatkich bilan yetakchi o‘rinni egalladi.
Juladan, yirik sanoat korxonalarida 4 milliard 925,4 million so‘mlik,
jami kichik mikrofirmalarda 2 milliard 659,1 million so‘mlik, norasmiy sektorlarda 960,2 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Viloyatda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 38,2 foizi oziq-ovqat sanoati, 20,7 foizi to‘qimachilik, tikuv-trikotaj sanoati, 17,6 foizi avtomobilsozlik sanoati, 9,4 foizi qurilish materiallari sanoati va 14,1 foizi boshqa sanoat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Joriy yilning 9 oylik yakuni bilan viloyatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 13 757,2 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,7 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan.
Viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi axborot xizmati.