Samarqandda 8 oyda 5,6 mingta kichik korxona va mikrofirma tashkil etildi

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyat bo‘yicha jami 5662 ta kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) tashkil qilindi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p savdo sohasida - 2299 ta kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilgan.

Shuningdek, sanoatda 1086, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida 944, yashash va ovqatlanish sohasida 477, qurilishda 283, tashish va saqlashda 101, axborot va aloqa sohasida 94, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar yo‘nalishida 83 hamda boshqa turli sohalarda 295 ta sub’yekt tashkil etilgan.

Jo‘rabek BO‘TAYeV,

viloyat statistika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i.