Samarqandda 9 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, yurtimizda jami sog‘ayganlar 2783 nafarga yetdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 nafar, Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 9 nafar, jami 11 bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

❗️Qoraqalpog‘istonda tuzalganlarning 2 nafari ham erkak bo‘lib, 1 nafari Buxoro viloyatidan, yana 1 nafari esa Xorazm viloyatidan. Endilikda Qoraqalpog‘istonda shifo topganlar 129 nafarga yetib, davolanayotganlar 6 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu hudud koronavirusdan xoli bo‘lishga juda yaqin turibdi.
Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (Samarqand shahri va Toyloq tumanidan 3 nafardan, Pastdarg‘om, Urgut va Oqdaryo tumanlaridan 1 nafardan). Ularning 7 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 52 yoshda, yoshi kichigi esa 25 yoshda. Viloyatda sh paytga qadar sog‘ayganlar 265 nafar bo‘lsa, endilikda 274 nafarga yetdi.

‼️Shunday qilib, bugun hozirga qadar 55 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab jami sog‘ayganlar 2783 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.