Samarqandda aholi maskanlari 99,3 foiz mobil aloqa bilan ta’minlangan
Viloyat hududi 85 foiz tezkor mobil internet bilan qamrab olingan. Bu haqda Zarnews.uz’ga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Xo‘jamberdiyev ma’lum qildi.
Viloyatda mobil aloqa qamrovini kengaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida joriy yilning o‘tgan davrida 85 ta yangi baza stansiyalari o‘rnatilgan.
Ushbu baza stansiyalarining 45 tasi Uzmobile, 21 tasi Beeline, 11 tasi Mobiuz va 8 tasi Ucell kompaniyalariga tegishli.
Bundan tashqari, mavjud 133 ta baza stansiyalari tezkor internet texnologiyasi asosida modernizatsiya qilingan. Ya’ni, Ucell va Mobiuz 53 tadan, Beeline 27 ta mavjud baza stansiyalariga tezkor internet texnologiyasini o‘rnatgan.
P/S: demak, viloyatda hali “sotka”da gaplashib bo‘lmaydigan aholi maskanlari bor. Butun dunyo ramqamli texnologiyaga o‘tayotgan bir vaqtda viloyatimizda jilli qursa simsiz aloqa o‘rnatish imkoniyati qachon to‘liq yaratilar ekan?