Bir qator chekka hududlarda mobil aloqa va internet sifatini yaxshilash uchun tayanch stansiyalar o‘rnatildi
“O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi viloyat hududiy sho‘’basi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda sayyor qabullarda zamonaviy internet tarmoqlarini tortish va mobil aloqa antennalarini o‘rnatish borasidagi murojaatlar ko‘paymoqda.
Tashkilot mutaxassisi Rafiq Karimovning tahririyatga bildirishicha, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuniga asosan “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining viloyat hududiy sho‘’basi tomonidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish maqsadida tog‘li va aholi borishi qiyin bo‘lgan hududlarda mobil aloqa xizmatlari sifatini doimiy monitoring qilib borishmoqda.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, mobil aloqa kompaniyalari mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab o‘tgan oy davomida tog‘li hududlarida yangi tayanch baza stansiyalari o‘rnatib, foydalanishga topshirib kelinmoqgan.
Jumladan, “O‘zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasining “O‘zmobayl” filiali tomonidan Urgut tumanining tog‘li Uzunsoy mahallasi Sevazsoy qishlog‘ida, Payariq tumanining Nakurt mahallasi Qo‘shilish qishlog‘ida va Bulung‘ir tumanining G‘ubdin mahallasidagi Qorovultepa qishloqlarida yangi tayanch baza stansiyalar o‘rnatilgan.
Bu kabi monitoring ishlari yangi 2024 yilda ham doimiy amalga oshirilib, aholiga sifatli mobil aloqa va internet xizmatlari ko‘rsatilishi davom ettirilishi ma’lum qilinmoqda.