Samarqandda azot dioksidi bilan bog‘liq ifloslanish ortgan
O‘zgidromet 22 yanvar holatiga respublikaning 7 ta shahar atmosfera havosi sifati to‘g‘risidagi axborotni taqdim etdi.
Urganch shahri havosida mayda dispers zarrachalar past darajada saqlanmoqda.
Samarqandda azot dioksidi bilan bog‘liq ifloslanish SanPiN ruxsat etilgan me’yoridan (REM) ortgan. Termiz havosida ham mayda dispers zarrachalar bilan bog‘liq ifloslanish yuqori.
Toshkent va Samarqandda uglerod oksidi konsentratsiyasi (SO) REM dan kam bo‘lsa-da, biroz yuqoriligi ma’lum bo‘lgan.
Yuqoridagi jadvalda respublikaning 7 ta yirik shaharlarida havoni ifloslantirayotgan moddalar miqdoriy ko‘rsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.