Samarqandda Belarus va Rossiya bilan hamkorlikda arxitektor va muhandislar tayyorlanadi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Belarus milliy texnika universiteti va Moskva davlat qurilish universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini imzoladi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Dasturga ko‘ra Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 100 nafar bakalavr tayyorlanadi. Ularning 60 nafari Belarus bilan hamkorlikda bo‘lsa, qolgan 40 nafari Rossiya bilan hamkorlikda ta’lim oladi.
Talabalar dastlabki 2 yil Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida, qolgan ikki yil esa hamkor OTMda tahsil oladi.
Ta’lim turi: Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar:
- O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumoti haqidagi hujjatning nusxasi (asli ko‘rcatiladi);
- Pasportdan nusxa (asli ko‘rsatiladi);
- Tibbiy ma’lumotnoma (forma 086-U shaklidagi);
- Ariza (rus tilida, qabul komissiyasida to‘ldiriladi);
- 6 dona 3.5x4.5 fotosurat.
Ta’lim turi: kunduzgi (to‘lov-kontrakt asosida).
Ta’lim rus tilida olib boriladi.
Hujjatlar shu yilning 10 avgustiga qadar qabul qilinadi.
Telefon: (+99866) 237-43-87;
e-mail: qabul@samgasi.uz
Telegram: @samgasi_websayti