Samarqandda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi

Kecha, 25 dekabr kuni viloyatdagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari o‘tkazildi.

Test sinoviga Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlaridan talabgorlar ishtirok etishi belgilangan.

Test sinovlari menejment, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda ingliz tili fanlaridan tashkil etildi.

Bunda har bir fandan 25 tadan jami 75 ta test topshirig‘i va test topshiriqlarini bajarish uchun 2 soat 30 daqiqa vaqt berildi.

Ishtirokchilarning test natijalari Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga taqdim etiladi.

Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limi.