Samarqandda bolalar koronavirusga chalinsa, qayerda davolanadi?

Keyingi kunlarda aholi orasida bolalar koronavirusga uchrasa qayerda davolanishi mumkin, ularni barcha shifoxonalar ham qabul qilmaydi-ku, mazmunida savollar paydo bo‘lmoqda.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilarining aytishicha, Samarqand shahridagi 2-sonli maxsus taqsimlash markazida koronavirus aniqlangan bolalarni davolash uchun maxsus bo‘lim tashkil etilgan. Ushbu bo‘limda viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi mutaxassislari bolalarni davolash uchun jalb etilgan.

Bolalarda koronavirus aniqlansa, ota-onalar avval hududiy poliklinika shifokoriga, zarurat bo‘lgandagina taqsimlash markaziga murojaat qilishlari mumkin.