Samarqandda bugun 28 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi
9 sentyabr kuni Samarqand shahrida test sinovlariga jami 6120 nafar abituriyent qatnashishi kerak edi. Ammo 770 nafar abituriyent sinovlarga kelmadi.
DTM viloyat bo‘limining Zarnews.uz muxbiriga xabar berishicha, birinchi navbatda 425 nafar abituriyent testga kelmagan bo‘lsa, 13 nafari belgilangan qoidalarni buzgani uchun testdan chetlashtirildi.
Ikkinchi navbatdagi sinovlarda esa 345 nafar abituriyent kelmadi, 15 nafari qoidani buzgani uchun sinovlardan chetlashtirildi.
Eslatib o‘tamiz: 2 sentyabrdan 9 sentyabrga qadar Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlarning 7065 nafari test sinovlarida ishtirok etmadi.