Samarqandda bugun 8 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi

Samarqand viloyatida 8 nafar va Navoiy viloyatida 4 nafar, jami 12 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shu vaqtgacha Samarqandda jami 383 holatda kasallik qayd etilib, 327 nafari sog‘aygan bo‘lsa, endilikda infeksiyadan forig‘ bo‘lganlar soni 335 nafarga yetdi. Ayni paytda viloyatda infeksiyaga chalingan 46 nafar bemor davolanmoqda.

Navoiy viloyatida bugun 4 nafar bemor sog‘ayib, tuzalganlar soni 154 nafarga yetdi. Hozirda viloyatda 106 nafar bemor ushbu infeksiyaga qarshi shifo olmoqda. Shu kunlarda ushbu bemorlarni davolashda viloyatdagi maxalliy shifokorlarga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yuborilgan bir guruh mutaxassislar ham yaqindan yordam berishmoqda.

Ayni paytga qadar mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 4717 nafarni tashkil etmoqda. Kasallikdan sog‘ayganlar soni esa 3623 nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich infeksiya aniqlangan bemorlarning 76 foizi sog‘ayganligini bildiradi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.