Samarqandda chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari o‘tkazilmoqda
Ayni vaqtda Samarqand shahrida chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish bo‘yicha aprel oyida bo‘lib o‘tadigan baholash imtihonining dastlabki bosqichi (“Tinglab tushunish”, “O‘qish”, “Leksik va grammatik kompetensiyalar”, “Yozma ish”) bo‘lib o‘tmoqda.
Test sinovlari sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda IIB xodimlari, Milliy gvardiya, SEOM xodimlari ishtirokida tashkil qilindi.
3-5 may kunlari esa imtihonning ikkinchi bosqichi, ya’ni gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, mazkur imtihonlarning har ikkala bosqichi natijalari bo‘yicha belgilangan maksimal ballning 60 foizi va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarga namunadagi sertifikat taqdim etiladi. Sertifikat egalariga kirish test sinovlarida chet tili fanidan maksimal ball beriladi.
Talabgorlar test joyi, kuni va vaqtini Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portali (my.dtm.uz sayti) orqali shaxsiy kabinetidan bilib olishlari mumkin.
Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limi axborot xizmati.