Samarqandda may oyi uchun chet tili imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda
Ayni paytda Samarqand shahrida xorijiy tillarni bilish darajasi va sertifikatlash bo‘yicha test sinovlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Test sinovlari Vazirlar Mahkamasi qarorida belgilangan talablar, shuningdek ichki ishlar, milliy gvardiya xodimlari ishtirokida sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq mos ravishda o‘tkazilmoqda.
Imtihonning ikkinchi bosqichi, ya’ni gapirish ko‘nikmasi imtihoni 1-2-iyun kunlari SamDU jismoniy madaniyat fakulteti binosida bo‘lib o‘tadi.
Vazirlar Mahkamasining “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, natijalar ushbu imtihonlarning har ikkala bosqichi 60 foiz o‘lchov bilan baholanadi va sertifikat namunasi taqdim etiladi. Sertifikat egalariga kirish testlarida chet tili fanidan maksimal ball beriladi.
Abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan joy, sana va vaqtni Davlat test markazining shaxsiy kabinetida interaktiv xizmatlar portali (my.dtm.uz) orqali bilib olishlari mumkin.
Davlat test markazi
Samarqand viloyati bo‘limi axborot xizmati.