Maktablarda xorijiy tillarni o‘qitilishini takomillashtirish uchun 1 mlrd. so‘m ajratiladi

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi axborot xizmati rahbari Gulisora Ergasheva ma’lum qildi.

Joriy yil 19 yanvarda qabul qilingan “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har yili tuman (shahar)dagi maktablarni xorijiy tillarni o‘qitish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar, asbob-uskunalar, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash uchun mahalliy byudjetlardan 1 mlrd. so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda ajratilgan mablag‘lar Agentlik bilan kelishilgan manzilli dasturlar asosida sarflanadi.

Ya’ni, 2022 yil 1 mayga qadar:

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan xalqaro tan olingan baholash tashkilotlari bilan hamkorlikda pedagog kadrning malaka toifasini olish bo‘yicha chet tili fani o‘qituvchilarining malaka sinovlarida tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish til ko‘nikmalarini baholash tizimi ishlab chiqiladi.

Agentlik Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda xorijiy tillarni bilish va xorijiy til o‘qituvchilarining malaka va ko‘nikmalarini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarning Yagona elektron bazasini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Xalq ta’limi vazirligining S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab ikki yil davomida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustama to‘lash tartibini 2022 yil 1 fevraldan boshlab joriy etiladi.