OTM o‘qituvchilariga chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish imtihonlari o‘tkazildi

Kecha, 15 iyun kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat olib borayotgan xorijiy til o‘qituvchilariga chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish uchun imtihon bo‘lib o‘tdi.

Jarayon Davlat test markazi va ushbu institutlar hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, bunda o‘qituvchilar B2, C1 darajasini beruvchi sertifikatlar bo‘yicha imtihon topshirishsa, nomutaxassislik fan o‘qituvchilaridan B1 darajasini beruvchi sertifikatlar bo‘yicha imtihon olinadi.

Kecha imtihonlarda test sinovlarining tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish qismi bo‘lib o‘tdi. Bugun, 16 iyun kuni o‘qituvchilar (gapirish) ko‘nikmasi bo‘yicha sinovdan o‘tadilar.

Eslatib o‘tamiz: Imtihonlardan kamida maksimal ballning 60 foizi va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilar muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi.

Davlat test markazi
Samarqand viloyati bo‘limi
axborot xizmati.