Samarqandda Chingiz Aytmatovning "Momo yer" asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etilmoqda

Kecha Sirdaryo viloyat drama teatri Samarqandda Chingiz Aytmatovning "Momo yer" asari asosida sahnalashtirilgan shu nomli spektaklni muxlislarga taqdim etdi. Tomoshabinlar mazkur asarni katta qiziqish bilan kutib oldilar.

- Spektakldagi voqealar Ikkinchi jahon urushi davridagi eng og‘ir, qiyin sharoitlarda kechgan. Shunday holatda bosh qahramon ona - To‘lg‘anoy ulkan matonati bilan barchaga o‘rnak bo‘lgani butun vujudimni larzaga keltirdi. Qani, barcha tengdoshlarim, bugungi yoshlar teatr atalmish ulug‘ dargohga tez-tez kirib, mana shunday spektakllar bilan oshno bo‘lib turishsa. O‘ylaymanki, dildan xohlab, harakat qilishsa albatta, bunga erishadilar, - deydi o‘zini Ilhom deb tanishtirgan muxlislardan biri.

Ijodiy jamoa 30 mayga qadar Samarqand drama teatrida ushbu asarni namoyish etadi.